Barcha yangiliklar
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 93811
Gallery image 93812
Gallery image 93813
Gallery image 93814
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
17:07

AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, 19-Chashma saylov okrugidan saylangan Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan “Xurriyat” MFY hududida joylashgan 46-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, shuningdek bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida oilaviy shifokorlik punkti mudiri tomonidan aholiga bepul yetkazib beriladigan 120 turdagi dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, dorilar va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj qanday aniqlanishi, ushbu jarayonlarga mas’ul xodimlar faoliyati ham tushuntirib o‘tildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur muassasada 6 nafar shifokor hamda 40 nafar hamshira tomonidan aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.