Barcha yangiliklar
VILOYAT KENGASHI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIGI.
Gallery image 93775
Gallery image 93776
Gallery image 93777
Gallery image 93778
Gallery image 93779
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
16:56

VILOYAT KENGASHI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIGI.

Viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan Sanganak MFYda ijtimoiy masalalarni joyida o‘rganish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi.Ushbu jarayonda Toshkent viloyati Kengashi deputati Muhsiddin Nizomiddinov, tuman Kengashi deputatlari Y.Uboydullayeva, A.Abdullayevlar ishtirok etishdi.Tadbir davomida “Yangi Sanganak” MFY da joylashgan 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayonini tashkil etish sharoitlari va mavjud infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar olib borildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi. Shuningdek, mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash masalasi dolzarb ekani qayd etildi.