Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 93771
Gallery image 93772
Gallery image 93773
Gallery image 93774
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
16:54

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 22-“Shampan” saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon oʻgʻli Toshkent viloyati Kengashi deputati Muhsiddin Nizomiddinovning tashabbusi bilan Parkent tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabida nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi. Oʻrganish jarayonida maktabning bugungi kundagi holati, mavjud infratuzilma, sinf xonalari, isitish tizimi, hududning obodonlashtirilganlik darajasi hamda taʼlim sifati masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Shuningdek, maktabning istiqboldagi rejalari, jumladan, qoʻshimcha sinf xonalarini tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va taʼlim jarayonini yanada samarali tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar muhokama etildi. Nazorat-tahlil tadbiri davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim sifatini oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.