Barcha yangiliklar
DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
Gallery image 93737
Gallery image 93738
Gallery image 93739
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
16:45

DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 25-Oydin saylov okrugidan saylangan deputati Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan tumandagi markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narx-navo barqarorligi va ta’minot uzluksizligi jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, sanitariya talablariga rioya etilishi va zaxiralari holatiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarga mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.