Barcha yangiliklar
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
Gallery image 93660
Gallery image 93661
Gallery image 93662
Gallery image 93663
Gallery image 93664
Gallery image 93665
Gallery image 93666
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
16:18

MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Qizilsoy” va “Novdak” MFY hududlarida 7-bosqich “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha xonadonbay xatlov ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Har bir xonadonga kirib, xotin-qizlar, faol ayollar va oilalar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilmoqda. Ushbu xatlov jarayoni orqali ayollar va oilalarning ijtimoiy holati to‘liq o‘rganilib, ularning ehtiyoj va muammolari aniqlanmoqda hamda zarur yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratilmoqda. Mazkur tashabbus nafaqat xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, balki mahalla hayotida faollikni oshirish, o‘zaro hamjihatlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.