Barcha yangiliklar
Istiqbol mahallasida ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda
Gallery image 93551
Gallery image 93552
Gallery image 93553
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
28 Fev 2026
12:02

Istiqbol mahallasida ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Azamat Do‘smurodov, “Xalqparvar” komissiyasi va tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda "Istiqbol" MFYda bo‘lib, aholi farovonligi yo‘lidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ayni damda hududda Investitsiya dasturi doirasida zamonaviy ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va montaj ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu loyiha yakuniga etgach, yuzlab xonadonlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.