Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 93511
Gallery image 93512
Gallery image 93513
Gallery image 93514
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
27 Fev 2026
22:05

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, shaharda korrupsiyaviy omillarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.Xususan, har oyda bir yo‘nalish kesimida shahardagi tegishli tashkilot va muassasalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuzasidan sayyor yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqildi.

Komissiya a’zolari tomonidan ta’kidlanganidek, bunday ochiq va manzilli uchrashuvlar davlat tashkilotlarida shaffoflikni oshirish,mas’ul xodimlarning javobgarligini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy choralar ishlab chiqish, ijro intizomini mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.