Barcha yangiliklar
Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Gallery image 93470
Gallery image 93471
Gallery image 93472
Gallery image 93473
Gallery image 93474
Gallery image 93475
Gallery image 93476
Gallery image 93477
Gallery image 93478
Gallery image 93479
Gallery image 93480
Gallery image 93481
Gallery image 93482
Gallery image 93483
Gallery image 93484
Gallery image 93485
Gallery image 93486
Gallery image 93487
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
27 Fev 2026
18:05

Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Xolmo‘minov hamda J.Donayevlar tumandagi “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida dastlab mahalla hokim yordamchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, aholini bandlikka yo‘naltirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Shundan so‘ng deputatlar bajarilgan amaliy ishlar bilan tanishish maqsadida joylarga chiqib, mahalla hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi holatlarini o‘rgandi.

Xususan, kredit mablag‘lari hisobidan:

motokultivator xarid qilinib, dehqonchilik ishlari yo‘lga qo‘yilgani,

issiqxona tashkil etilib, aholining daromad topish imkoniyatlari kengaytirilgani,

chorvachilik yo‘nalishida kredit ajratilib, bandlik yaratilgani,

avtomobil ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ustachilik anjomlari olib berilib, xizmat ko‘rsatish faoliyati yo‘lga qo‘yilgani kabi amaliy ishlar bilan tanishildi.

Deputatlar ushbu yo‘nalishlarda bugungi kunda olib borilayotgan faoliyat samaradorligini ko‘zdan kechirib, ajratilgan kredit mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilayotgani, natijada aholi bandligi ta’minlanib, oilalar daromadi oshib borayotganini ta’kidladi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan ishlarning uzviy davomidir.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)