Barcha yangiliklar
Yurtimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini asrash  maqsadida joriy yilning 1-yanvaridan 30-yanvariga qadar respublika miqyosida “Xavfsiz xonadon oyligi” e’lon qilindi.
Gallery image 93291
Gallery image 93292
Gallery image 93293
Gallery image 93294
Gallery image 93295
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
30 Yan 2026
00:00

Yurtimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini asrash maqsadida joriy yilning 1-yanvaridan 30-yanvariga qadar respublika miqyosida “Xavfsiz xonadon oyligi” e’lon qilindi.

Yurtimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini asrash maqsadida joriy yilning 1-yanvaridan 30-yanvariga qadar respublika miqyosida “Xavfsiz xonadon oyligi” e’lon qilindi.

        Mazkur oylik doirasida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong‘inlar va boshqa noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

        Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashi deputati Islomjon Ahmedov boshchiligidagi partiya faollari hamda “Bag‘dodtumangaz” gaz ta’minoti,tuman FVB bo‘limi hamkorligida “Samandarak”, “Muruvvat”, “Guliston” mahallalarida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarga tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, havo-gaz aralashmasi chaqnashi xavfi, is gazining inson hayoti uchun o‘ta xavfli ekani batafsil tushuntirilmoqda. Tadbirlar davomida isitish pechlarining dudburonlari tekshirilib, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarurligi alohida ta’kidlanmoqda.