Barcha yangiliklar
Hududlarda elektr ta’minoti mustahkamlanmoqda
Gallery image 93269
Gallery image 93270
Gallery image 93271
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
27 Fev 2026
14:59

Hududlarda elektr ta’minoti mustahkamlanmoqda

Hududlarda elektr ta’minoti mustahkamlanmoqda

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari — Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonova tomonidan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi sessiyasida qabul qilingan qaror ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 Nazorat tadbiri davomida Oqtom mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tuman Kengashi qaroriga asosan 15 dona elektr tayanch ustuni ajratish va o‘rnatish ishlari amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi.

🔹 Olib borilayotgan ishlar natijasida mahallada elektr tarmoqlari barqarorligi sezilarli darajada yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay va ishonchli sharoit yaratilmoqda.

🔹 Deputatlik nazorati esa joylarda qarorlar ijrosini ta’minlash, infratuzilmaviy muammolarni tizimli hal etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Facebook | YouTube