Barcha yangiliklar
Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi bo‘yicha “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Gallery image 93260
Gallery image 93261
Gallery image 93262
Gallery image 93263
Gallery image 93264
Gallery image 93265
Gallery image 93266
Gallery image 93267
Gallery image 93268
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
28 Yan 2026
00:00

Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi bo‘yicha “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

         Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi loyihasi mamlakat kelajagini belgilab beruvchi, barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi ularda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga izchil tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yilgan. Bu esa islohotlarning markazida inson manfaati turganini yana bir bor tasdiqlaydi.

         Mazkur strategik g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning amaldagi ijrosi bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Islomjon Ahmedov tashabbusi bilan tumandagi “Samandarak” mahallasi aholisi ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.