Barcha yangiliklar
“Qo‘shtegirmon-1” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 93247
Gallery image 93249
Gallery image 93252
Gallery image 93253
Gallery image 93254
Gallery image 93255
Gallery image 93256
Gallery image 93257
Gallery image 93258
Gallery image 93259
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
22 Yan 2026
00:00

“Qo‘shtegirmon-1” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

        “Qo‘shtegirmon-1” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

        Unda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i, hududdan saylangan viloyat va tuman miqyosidagi deputatlar hamda tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

        Qabul davomida aholining turli yo‘nalishlardagi muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi, o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa nazoratga olindi.

        Ta’kidlash joizki, mazkur mahalla fuqarosi, viloyat deputati, “Nuroniy” jamg‘armasining tuman bo‘limi boshlig‘i Mashrabjon Hurboev qo‘shtegirmonliklarni bir yoqadan bosh chiqarib, aniq maqsad sari intilish, shuningdek har yili o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjet” dasturidan boshqa mahallalar singari samarali foydalanish zarurligini kuyunchaklik bilan ta’kidladi.

        Sayyor qabulda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Madiyor Turimov ham ishtirok etdi.