Barcha yangiliklar
NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.
Gallery image 93169
Gallery image 93170
Gallery image 93171
Gallery image 93172
Gallery image 93173
Gallery image 93174
Gallery image 93175
Gallery image 93176
Gallery image 93177
Gallery image 93178
Gallery image 93179
Gallery image 93180
Gallery image 93181
Gallery image 93182
Gallery image 93183
Gallery image 93184
Gallery image 93185
Gallery image 93186
Gallery image 93187
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
27 Fev 2026
11:29

NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.

NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.

Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash, tajriba almashish va yoshlar tarbiyasida uzviylikni ta’minlashga qaratildi.

Tadbirda viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, senator I.Najmiddinov, Namangan shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdurahimova, bir qator faollar va shahar kengashi deputatlari hamda faol qizlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar, xususan, hayotiy tajribaga ega nuroniylar tomonidan mehr-oqibat, vatanparvarlik, insoniylik, sadoqat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi. Ular o‘z nutqlarida milliy qadriyatlar va an’analarni asrab-avaylash, yoshlar ongida ma’naviy immunitetni shakllantirish, jamiyat taraqqiyotida faol va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, Ona Vatanni sevish, madaniyat va ma’rifatni yoshlar ongida yanada takomillashtirish, zamonaviy va sifatli kadrlar tayyorlash, sog‘lom hamda baxtli avlodni voyaga yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

“Uch avlod” uchrashuvi nafaqat ma’naviy muloqot maydoni, balki tajriba va qadriyatlar uzviyligini ta’minlovchi samarali platforma bo‘lib, yoshlar qalbida yurtga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.