Barcha yangiliklar
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
Gallery image 93141
Gallery image 93142
Gallery image 93143
Gallery image 93144
Gallery image 93145
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
27 Fev 2026
11:16

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat

Ma’lumki, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tizimda korrupsiyaga chek qo‘yish va tibbiyot xodimlari o‘rtasida poklikni ta’minlash yuzasidan xalqimiz hamda soha vakillariga muhim murojaat bilan chiqqan edi.

Mazkur tashabbusning amaliy davomi sifatida, bugun Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Amiriddin Baratov hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli salomatlik markazlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida soha fidoyilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiya nafaqat tizim rivojiga bolta urishi, balki butun jamiyat asoslarini yemiruvchi xavfli "kushanda" ekanligi alohida ta’kidlandi. Deputat o‘z so‘zida tibbiyot xodimining poknomligi — xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi ekanligini qayd etib, har bir xodimni ushbu illatga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirdi.