Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan muloqot
Gallery image 93103
Gallery image 93104
Gallery image 93105
Gallery image 93106
Gallery image 93107
Gallery image 93108
Gallery image 93109
Gallery image 93110
Gallery image 93111
Gallery image 93112
Gallery image 93113
Gallery image 93114
Gallery image 93115
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
27 Fev 2026
10:44

Yoshlar bilan muloqot

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi. Joriy yilning 26-fevral kuni Zarafshon madaniyat boʻlimiga qarashli "Yulduz" madaniyat saroyida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, DXX rahbari Akmal Haydarov, masʼullar va yoshlar ishtirok etishdi.Uchrashuvda shahrimiz hokimi hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, chet tili oʻrgangan, xalqaro olimpiyadalarda oʻrin egallagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. 

 Shuningdek yoshlarimizning taʼlim olish va tadbirkorlikka alohida eʼtibor berishi kerakligini ta'kidladi. Shahrimiz yoshlari orasida startap gʻoyalariga ega yoshlar boʻlsa ularga shahar hokimi tomonidan kerakli barcha sharoitlar yaratib berilishi maʼlum qilindi. Uchrashuvning ikkinchi qismida shahrimiz hokimi yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni tingladi. Koʻplab muammolar joyida hal etilgan boʻlsa, atroflicha oʻrganish talab etadigan muammolar nazoratga olindi. Muloqotda shuningdek yoshlar tomonidan qariyb 15 ta takliflar berildi. Ba'zi takliflarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha rahbarlarga topshiriqlar berilgan boʻlsa, ba'zi takliflarga oʻrganish natijasida xulosa berilishi ma'lum qilindi. Uchrashuv soʻnggida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ELO olimpiadasining viloyat bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan 3 va 4-maktab jamoalari taqdirlandi.