Barcha yangiliklar
9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ishtixon tumani deputatlari mehnat faxriylari holidan xabar olishdi
Gallery image 9440
Gallery image 9441
Gallery image 9442
Gallery image 9443
Gallery image 9444
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
07 May 2024
19:18

9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ishtixon tumani deputatlari mehnat faxriylari holidan xabar olishdi

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi uchun o‘z hissasini qo‘shgan Ishtixon tumanidagi “Minglar” va “Katta Qang‘li” MFYlardagi mehnat faxriylari holidan, 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari 21-Yangikent saylov okrugidan saylangan M.Raximov, 9-Minglar saylov okrugidan saylangan M.Xaydarov va 5-Azamat saylov okrugidan saylangan J.Rasulov xabar olishdi.

Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.