Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 92980
Gallery image 92981
Gallery image 92982
Gallery image 92983
Gallery image 92984
Gallery image 92985
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
27 Fev 2026
08:01

Deputatlik nazorati

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati B.Misratullayev Buyuk ipak yoʻli mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hududni obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida muassasadagi ta’lim-tarbiya xonalari, yotoqxona va ovqatlanish joylari, bolalar maydonchalari hamda sanitariya-gigiyena sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, xavfsizlik choralarining ta’minlanganlik darajasi va infratuzilma holati atroflicha tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlarga xizmat qiladi.