Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 92933
Gallery image 92934
Gallery image 92935
Gallery image 92936
Gallery image 92937
Gallery image 92938
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
25 Fev 2026
17:54

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Unda komissiya a’zolari, hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshev ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala — mahalliy budjetning 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari to‘g‘risida bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, mazkur mablag‘lar budjet daromadlarining ortig‘i va tejalgan mablag‘lar hisobidan shakllangan.

Yig‘ilishda erkin qoldiq mablag‘larini hududdagi dolzarb muammolarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi. 

Deputatlar tomonidan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda qaror loyihasi ma’qullandi.