Barcha yangiliklar
Tumanda “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro  hamkorlikni  yo‘lga qo‘yish va mahallalardagi  muammolarni  xal etish yuzasidan MA’LUMOT
Gallery image 9425
Gallery image 9426
Gallery image 9427
Gallery image 9428
Gallery image 9429
Gallery image 9430
Gallery image 9431
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
07 May 2024
18:04

Tumanda “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mahallalardagi muammolarni xal etish yuzasidan MA’LUMOT

 Tumanda “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mahallalardagi

muammolarni xal etish yuzasidan 

MA’LUMOT  

Buloqboshi tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasida rejali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, “Mahalla yettiligi” tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xavfsizligini ta’minlash yuzasidan rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarni borishi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, ularga kerakli metodik va amaliy yordamlar xamda huquqiy tushunchalar berish maqsadida Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputatlari xam o‘zlari saylangan saylov okrugidagi maxalla fuqarolari yig‘inlarida “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashdi va ularni
muammolari bilan tanishdi. 07.05.2024 yil kun xolatiga Buloqboshi tumanida jami bo‘lib, 3798 ta chet elda bo‘lgan yoki chet davlatda bo‘lib qaytgan fuqarolar yoki ularni oila a’zolari bilan suxbatlashildi. Suxbat o‘tkazilganlarni 3130 tasi erkak
668 tasini ayollar tashkil etadi.

6-“Rivoj” saylov okrugi deputati Yo.Imomboeva “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashdi va ularni muammolari bilan tanishdi. Rivoj maxalla fuqarolari yig‘inida xatlov boshidan buyon ayni vaqtda chet davlatda bo‘lgan 115 nafar fuqaro xonadoni o‘rganildi. Bunda asosiy e’tibor qaysi xorijiy davlatga ketgani, ishlash ruxsatnomasi bor yoki yo‘qligi, xozirda topayotgan bir oylik daromadi xamda kimlar bilan birga yashayotganiga aniqlik kiritildi.

9-“Zarg‘aldoq” saylov okrugi deputati R.Madraximov tumanda o‘tkazilayotgan axolini ijtimoiy xatlov jarayonini sifatli qilib amalga oshirishda o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Xatlovga jalb qilingan tibbiy patronaj xodimlari xam axoli salomatligini yaxshilash va uni oldini olish maqsadida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib kelmoqdalar.

Bir so‘z bilan aytganda, Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputatlari xamda “Mahalla yettiligi” o‘rtasida xamkorlik ishlari samarali tashkil etilgan va bu ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.