Barcha yangiliklar
TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI
Gallery image 92791
Gallery image 92792
Gallery image 92793
Gallery image 92794
Gallery image 92795
Gallery image 92796
Gallery image 92797
Gallery image 92798
Gallery image 92799
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
26 Fev 2026
16:09

TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati F.Hojiyev navbatdagi tashrifi doirasida shahar tibbiyot birlashmasida bo‘lib, muassasaning faoliyati, yaratilgan
shart-sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat poliklinika va statsionar bo‘limlarini ko‘zdan kechirdi, shifokorlar hamda tibbiyot xodimlari bilan
suhbatlashdi. Aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, tez tibbiy xizmat samaradorligi, dori-darmon ta’minoti va zamonaviy diagnostika uskunalaridan
foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muassasada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yosh mutaxassislarni
qo‘llab-quvvatlash hamda raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Deputat F.Hojiyev sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash
ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
U mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi mumkinligini bildirdi.

Tashrif yakunida shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga faoliyat samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan
ishlashni kuchaytirish hamda tibbiy xizmat sifatini doimiy nazoratda ushlab borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif sog‘liqni saqlash sohasida ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining tibbiy xizmatlardan qoniqish
darajasini oshirishga xizmat qiladi.