Barcha yangiliklar
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
Gallery image 92754
Gallery image 92755
Gallery image 92756
Gallery image 92757
Gallery image 92758
Gallery image 92759
Gallery image 92760
Gallery image 92761
Gallery image 92762
Gallery image 92763
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
26 Fev 2026
16:01

PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI

PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI 

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov, tuman Kengashi deputati Z.Shodmonov, tuman prokurori X.Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyev tomonidan Jizzax pedagogika texnikumiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida:

🔹 ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar;

🔹 to‘garaklar faoliyati;

🔹 sport sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, guruhlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan voleybol, shaxmat va shashka musobaqalari kuzatildi. Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rahbarlar o‘quvchilar bilan sportning qo‘l tennis turi bo‘yicha ham muloqot o‘tkazib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanishga chaqirdilar.

Yoshlar salomatligi va bilimli avlodni tarbiyalash — kelajakka mustahkam poydevordir! 💪🏐♟