Barcha yangiliklar
Bag‘dod tumani Samandarak mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Gallery image 92622
Gallery image 92623
Gallery image 92624
Gallery image 92625
Gallery image 92626
Gallery image 92627
Gallery image 92628
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
22 Dek 2025
00:00

Bag‘dod tumani Samandarak mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

        Bag‘dod tumani Samandarak mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

        Shuningdek unda tuman tuman Kegashi deputati Islombek Axmedov, Suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Qodirov, Adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Eldorjon Qalandarov hamda Davlat xizmatlari markazi bo‘limi boshlig‘i Davlatjon Axmedov ishtirok etdi.

        Qabul jarayonida Samandarak MFY aholisini uzoq vaqtdan beri tashvishga solib kelayotgan ichimlik suvi ta’minoti masalasi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, muammoni hal etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan huquqiy va ma’muriy masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan batafsil tushuntirish va javoblar berildi.

       Mazkur sayyor qabul aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etish, shuningdek, davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratildi.