Barcha yangiliklar
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
Gallery image 92556
Gallery image 92557
Gallery image 92558
Gallery image 92559
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
26 Fev 2026
14:13

“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Luqmon Mamadiyorov tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasiga qaratildi. 

Ushbu qarorga muvofiq, Shahrisabz tumanidagi 11 ta mahallalarda jami 39 milliard so‘m mablag‘ maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lib, mablag‘lar yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ijtimoiy obyektlar va boshqa zarur infratuzilma loyihalariga sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda “Xalqparvar” komissiyasi tomonidan jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va shaffof sarflanishini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.