Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 92501
Gallery image 92502
Gallery image 92503
Gallery image 92504
Gallery image 92505
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
26 Fev 2026
12:23

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Dostlik kanali boshqarmasi boshlig‘i Tohir Mo‘minov bilan uchrashib, "Paxtakor" mahallasi "Yuksalish" ko‘chasida mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Xususan, mazkur ko‘chaning yo‘l holati uzoq yillardan buyon aholi e’tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan o‘rganishlar (https://t.me/BoyovutKengashiYangiliklari/2903) jarayonida ushbu muammo joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga taklif va tashabbuslar kiritilgan edi.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida "Paxtakor" mahallasi "Yuksalish" ko‘chasining 1 kilometr qismiga shag‘al yotqizish ishlari 2026-yil manzilli dasturiga kiritilishiga erishildi.

Bu esa mahalla aholisining yillar davomida kutgan muammosiga bosqichma-bosqich yechim topilayotganidan dalolat beradi.