Barcha yangiliklar
Deputat mahalla KVP faoliyati o`rganmoqda
Gallery image 92418
Gallery image 92419
Gallery image 92420
Gallery image 92421
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
26 Fev 2026
10:55

Deputat mahalla KVP faoliyati o`rganmoqda

Tashrif davomida deputat tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, mavjud dori-darmonlar zaxirasi, ularning saqlanish sharoiti hamda aholiga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishi masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, ularning sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati, bepul dori vositalari ta’minoti hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni bepul dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalasi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.