Barcha yangiliklar
Bekobodda xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 92412
Gallery image 92413
Gallery image 92414
Gallery image 92415
Gallery image 92416
Gallery image 92417
TUYCHIYEV ULUGBEK BAXTIYOROVICH
26 Fev 2026
10:54

Bekobodda xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Bekobodda xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi 

Bugun erta tongda Bekobod shahar hokimi deputat N.Babayev shahrimizdagi “Yoshlar markazi” binosida mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, xotin-qizlar duch kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.  

Ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, bildirilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv
ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.