Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 92408
Gallery image 92409
Gallery image 92410
Gallery image 92411
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Fev 2026
10:55

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 DEPUTAT XALQ ORASIDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi vakili X. Xojidinov “Zarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan individual uchrashuvlar o‘tkazdi.

Deputat xonadonma-xonadon yurib, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qildi va ularning turmush farovonligi, ijtimoiy muammolari hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.

Uchrashuv davomida aholi turli masalalarni, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq masalalarni deputatga yetkazdi. 

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.