Barcha yangiliklar
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
Gallery image 92299
Gallery image 92300
Gallery image 92301
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
26 Fev 2026
09:16

Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Farida Yallaqodirova “Qumqishloq” MFY fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlarni manzilli o‘rgandi. 🔍

📍 O‘rganish natijalari:

Murojaat qilgan ikki nafar fuqaro o‘z faoliyatini kengaytirish va daromadini oshirish maqsadida imtiyozli kredit olish istagini bildirishgan. Ulardan biri chorvachilik, ikkinchisi esa tikuvchilik yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lib, ushbu sohalarda doimiy shug‘ullanib kelmoqda.

✅ Yechim:

Mazkur murojaatlarni ijobiy hal etish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida deputat tomonidan "mahalla yettiligi"ga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.