Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 92289
Gallery image 92290
Gallery image 92291
Gallery image 92292
TAUBAYEV KUVANISHBEK MIRZAKULOVICH
26 Fev 2026
09:11

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati A.Xudayberdiyev hamda O'zbekiston "Adolat" SDP Konimex tumani Kengashi raisi Q.Janxujayev ishtirokida Konimex tuman  texnikumi faollar zalida “Firibgarlikka qarshi kurashish – har birimizning burchimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida jamiyatda firibgarlik holatlarining oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida ogohlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarni turli aldov va noqonuniy holatlardan himoya qilish, shuningdek, bunday vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida firibgarlikka qarshi kurashish har bir fuqaroning mas’uliyati ekani ta’kidlanib, barchani hushyorlikka, qonunlarga hurmat bilan yondashishga va jamiyat xavfsizligini ta’minlashda faol bo‘lishga chaqirildi.