Barcha yangiliklar
Poliklinika filialini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlar o'rganildi
Gallery image 92165
Gallery image 92166
Gallery image 92167
Gallery image 92168
Gallery image 92169
Gallery image 92170
Gallery image 92171
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
25 Fev 2026
20:32

Poliklinika filialini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlar o'rganildi

🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Sh.Karimov va Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayevlar tomonidan Marg‘ilon shahar Galatoʻy MFYdagi 2-sonli oilaviy poliklinika filialining bugungi holati o‘rganildi.

🔹Mazkur filial binosi yaroqsiz holga kelib qolgani sababli 2024-yilda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Ayni paytda “Galatoʻy” MFY bilan bir qatorda yana ikki mahalla aholisi tomonidan ushbu poliklinika filialining faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda. Aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib, mazkur masala shahar hokimligi mas'ullari ishtirokida muhokama qilindi.

🔹O‘rganish yakunlariga ko‘ra, filial faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, binoni yangilash yuzasidan muqobil yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlashga kelishib olindi.