Barcha yangiliklar
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
Gallery image 92148
Gallery image 92149
Gallery image 92150
Gallery image 92151
Gallery image 92152
Gallery image 92153
Gallery image 92154
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
25 Fev 2026
20:17

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

🔹 Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi deputati Sh.Karimov tomonidan o'z saylov okrugiga kiruvchi Marg'ilon shahar Go'ravval MFYda xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi raisi va deputatlar ishtirokida o‘rganish ishlari amalga oshirilib, "Мahalla yettiligi" faoliyati va mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil etildi.

🔹 O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.

🔹 Uchrashuv mahalla faollari va shahar Kengashi deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi