Barcha yangiliklar
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
Gallery image 92034
Gallery image 92035
Gallery image 92036
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
25 Fev 2026
17:01

Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi

Kuni kecha xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan o‘tkazilgan qabulda “Qiyomshayx” MFY aholisidan mahallaga kirish yo‘li ta’mirga muhtojligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur holat yuzasidan hududdan saylangan deputat Zoyir Elboyev mahallada bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi. Yo‘lning holati jamoatchilik nazoratidan o‘tkazilib, mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.

📩 Masalani o‘z vaqtida va sifatli hal etish maqsadida tuman Yo‘llardan foydalanish DUK tashkilotiga deputatlik so‘rovi yuborildi.