Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
Gallery image 91956
Gallery image 91957
Gallery image 91958
Gallery image 91959
Gallery image 91960
Gallery image 91961
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
25 Fev 2026
14:42

Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi

Kuni kecha haftalik ish rejasi doirasida xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi va tuman hokimligi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov va mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal sohadagi muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat mutaxassislar tomonidan joyida tahlil qilinib, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.