Barcha yangiliklar
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
Gallery image 91931
Gallery image 91932
Gallery image 91933
Gallery image 91934
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
25 Fev 2026
14:33

EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!

📍 Shahrisabz tumanidagi 4-umumta’lim maktabida o‘qituvchilar ishtirokida “Ekologik madaniyatni rivojlantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

✅ Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nasiba Razzoqova hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi Shoniyoz Sharipov ishtirok etishdi.

📌 Uchrashuvda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔹 Yosh avlod ongida tabiatga daxldorlik hissini uyg‘otish;

🔹 Maktab hududida “Yashil makon” loyihasini kengaytirish;

🔹 Chiqindilarni saralash va resurslarni tejash madaniyatini shakllantirish.

Ona tabiatni asrash — har birimizning vijdoniy burchimizdir. Bu borada o‘qituvchilarning o‘rni va shaxsiy namunasi beqiyos, — deya ta’kidladi deputat N.Razzoqova.

 Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida pedagoglarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusidagi hamkorlik rejalari belgilab olindi.