Barcha yangiliklar
Murojaatlar amalda – ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.
Gallery image 91873
Gallery image 91874
Gallery image 91875
Gallery image 91876
Gallery image 91877
Gallery image 91878
Gallery image 91879
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
25 Fev 2026
14:06

Murojaatlar amalda – ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.

 Buloqboshi tumani Sohibkor MYF hududidagi ichki ko‘chalar aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar asosida joriy ta’mirlash hamda asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarimizning kundalik hayotida qulaylik yaratish, transport harakatini yengillashtirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Buloqboshi tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 

Shuningdek, belgilangan manzillarda eski va yaroqsiz yo‘l qoplamalarini demontaj qilish, yo‘l asosini
tekislash va mustahkamlash, zamonaviy talablar asosida sifatli asfalt yotqizish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Jarayonga maxsus texnikalar va malakali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, ishlar belgilangan reja asosida tashkil etilmoqda.
 

Mazkur chora-tadbirlar natijasida ichki ko‘chalarda chang va loy muammosi bartaraf etiladi, transport vositalari va piyodalar harakati uchun yanada qulay sharoit yaratiladi. Shuningdek, hududning obod qiyofasi shakllanib, aholining turmush sifati yanada yaxshilanadi.
Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi. Fuqarolarimizning murojaatlari doimo e’tiborda bo‘lib, ularni ijobiy hal etish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.