Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan jinoyatning oldi olindi
Gallery image 91792
Gallery image 91793
Gallery image 91794
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
25 Fev 2026
13:03

Deputat tomonidan jinoyatning oldi olindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva tumandagi Oltinsoy mahallasida mahalla profilaktika inspektori M.To‘yliyev bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jinoyatlar hisobdan yashirinishiga chek qo‘yish, profilaktik tadbirlarini jadallashtirish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida Oltinsoy mahallasida yashovchi M.L ko‘p yillardan buyon ichkilikka ruju qo‘yganligi sababli singlisi bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan. Ushbu kelishmovchilik ortidan jinoyat sodir etilishi oldi olindi.

Fuqaro M.Lga tegishli tushuntirishlar olib borilib, aka-singillar o‘rtasidagi muammolar bartaraf etilib yarashtirildi.