Barcha yangiliklar













XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
25 Fev 2026
11:40
Maktab kutubxonasi va muzeyi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Mustafaev “Oydin yo‘l” mahallasida joylashgan 4-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining kutubxonasi hamda muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida kutubxona fondida yetishmayotgan adabiyotlar, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, maktab muzeyida mavjud muammolar, eksponatlarni saqlash sharoiti va uni yanada boyitish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yetishmayotgan kitoblar bilan ta’minlash hamda muzey faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Ta’lim va ma’rifatni qo‘llab-quvvatlash — kelajakka sarmoyadir.