Barcha yangiliklar
Bag‘dod tumanida “Yashil makon” tashabbusi doirasida 1000 dan ziyod ko‘chat ekildi
Gallery image 91659
Gallery image 91660
Gallery image 91661
Gallery image 91662
Gallery image 91663
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
27 Noy 2025
00:00

Bag‘dod tumanida “Yashil makon” tashabbusi doirasida 1000 dan ziyod ko‘chat ekildi

       Bag‘dod tumanida “Yashil makon” tashabbusi doirasida 1000 dan ziyod ko‘chat ekildi.

       O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida muhim vazifalar belgilangan. Strategiyaga muvofiq, har yili 200 million tup daraxt ekish, respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish zarur.

       Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashi deputati Islomjon Ahmedov tashabbusi bilan Samandarak mahallasida aholi ishtirokida hashar tashkil etildi. Tadbir doirasida 1000 dan ziyod mevali va chinor, kashtan, archa kabi manzarali ko‘chatlar katta yo‘llar chetlariga hamda shaxsiy tomorqalardagi bo‘sh yer maydonlariga ekilmoqda, -dedi deputat. 

      Ushbu amaliy harakatlar ekologik holatni yaxshilash, havo sifati va miqdorini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.