Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
Gallery image 91544
Gallery image 91545
Gallery image 91546
Gallery image 91547
Gallery image 91548
Gallery image 91549
Gallery image 91550
Gallery image 91551
Gallery image 91552
Gallery image 91553
Gallery image 91554
Gallery image 91555
Gallery image 91556
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
24 Fev 2026
21:34

Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi

Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Istara” saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva “Istara” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan bir qatorda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari holatini ham joyida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda boshqa mas’ullarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi, reja-jadvallar ijrosi, hujjatlar yuritilishi hamda ijro intizomi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan yo‘l, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ish samaradorligini oshirish, muammolarga tezkor va manzilli yechim topish, aholi bilan ishlashda mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mahalla yettiligi faoliyati va obodonlashtirish ishlari samaradorligini yanada oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)