Barcha yangiliklar
Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi  rekonstruksiya qilinmoqda
Gallery image 91430
Gallery image 91431
Gallery image 91432
Gallery image 91433
Gallery image 91434
Gallery image 91435
Gallery image 91436
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
24 Fev 2026
16:04

Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi rekonstruksiya qilinmoqda

 Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi rekonstruksiya qilinmoqda 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi raisi X.Raximov tashabbusi bilan Oltiariq tumani tez tibbiy yordam stansiyasiga qarashli 8-brigada “Tinchlik” shohobchasida keng koʻlamli taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida bino toʻliq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida yangilanmoqda. Xususan, ichki va tashqi qism taʼmirlanib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tartibga keltirilmoqda hamda xodimlar uchun qulay va shinam mehnatsharoitlari yaratilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangach, shohobchaning moddiy-texnikholati sezilarli darajada yaxshilanib, tez yordambrigadasining samarali faoliyat yuritishi uchun yanadamunosib sharoit yaratiladi. Bu esa aholiga koʻrsatilayotgan tez tibbiyyordam xizmatining barqaror va uzluksiz ishlashiga xizmat qiladi. Amalgaoshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tuman infratuzilmasini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va tibbiy xizmatlar sifatini yanadayuksaltirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.