Barcha yangiliklar
Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktab futbol maydoni taʼmirlanadi
Gallery image 91415
Gallery image 91416
Gallery image 91417
Gallery image 91418
Gallery image 91419
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
24 Fev 2026
15:53

Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktab futbol maydoni taʼmirlanadi

 Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktabfutbol maydoni taʼmirlanadi 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Yursunov Koʻmirchi mahallasida joylashgan 30-sonli umumtaʼlim maktabida uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida deputat maktab hududi bilan yaqindan tanishib, ayniqsa futbol maydonining bugungi holatiga alohida eʼtibor qaratdi. Taʼkidlanishicha, maydon hozirgi kunda yaroqsiz ahvolda boʻlib, oʻquvchilarning sport bilan shugʻullanishi uchun yetarli sharoit mavjud emas. Deputat tashabbusi bilan yaqin kunlarda hashar tashkil etilib, futbolmaydonini qayta taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Yoshlarimizning sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun zarur sharoitlarni yaratish — ustuvor vazifamizdir.