Barcha yangiliklar
Bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
Gallery image 91406
Gallery image 91407
Gallery image 91408
Gallery image 91409
Gallery image 91410
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
24 Fev 2026
15:41

Bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati D.Artikov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash tartibi, mavjud zaxiralar holati, dori-darmonlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda ulardan maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tizimda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.