Barcha yangiliklar
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
Gallery image 91378
Gallery image 91379
Gallery image 91380
Gallery image 91381
Gallery image 91382
Gallery image 91383
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
24 Fev 2026
15:16

Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi

 Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi

21-O‘zbekiston saylov okrugi deputati G. Shermatova Karmana tumanida bo‘lib, Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, navbatsiz xizmat ko‘rsatish amaliyoti va raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, tug‘ilish, nikoh, ajrim kabi fuqarolik holatlarini rasmiylashtirish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.