Barcha yangiliklar
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
Gallery image 91372
Gallery image 91373
Gallery image 91374
Gallery image 91375
Gallery image 91376
Gallery image 91377
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
24 Fev 2026
15:11

Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati A.Jo‘rayev tomonidan 2025–2026 yillarda Navoiy viloyatida yo‘l-transport infratuzilmasini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dasturlar ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Yangiobod MFYdagi Urganji ko‘chasida 1,3 km, Yangiobod ko‘chasida esa 1,5 km ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda mazkur yo‘llarda tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Uyrot MFY joylashgan oilaviy shifokorlik punktida ham keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, ta’mirlash ishlarini joriy yil mart oyining oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.