Barcha yangiliklar
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
Gallery image 91329
Gallery image 91330
Gallery image 91331
Gallery image 91332
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
24 Fev 2026
13:14

Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tibbiyot birlashmasi tarkibidagi “Perinatal markaz” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida:

 Homilador ayollar va tug‘ruqdagi bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati

 Onalar va chaqaloqlar uchun yaratilgan sharoitlar

 Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi

 Dori-darmon zaxirasi

 Sanitariya-gigiyena holati

atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan mavjud muammo va takliflarni tingladilar. Onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi doimiy e’tiborda!