Barcha yangiliklar
Tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
Gallery image 91292
Gallery image 91293
Gallery image 91294
Gallery image 91295
Gallery image 91296
Gallery image 91297
Gallery image 91298
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
24 Fev 2026
12:09

Tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha asosida tuman hududidagi 15 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugun mazkur mahallalarning qaysi biriga borilmasin, bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat – tuman hokimi Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich “Guliston” mahallasida bo‘lib, PQ-141-sonli qarori asosida loyihalar bo‘yicha mahalla ichki yo‘llarini asfaltga tayyorlash va 49-maktab binosini ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash va mahallalarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.