Barcha yangiliklar
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
Gallery image 91167
Gallery image 91168
Gallery image 91169
Gallery image 91170
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
24 Fev 2026
09:12

Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv

Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv

Karmana tumani Kengashi kotibiyati xodimlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyatiga tashrif buyurib, ish faoliyati bo‘yicha tajriba almashish uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tuman Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda hujjat aylanmasi jarayonlarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida ikki tuman Kengashlari o‘rtasida kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, muntazam tajriba almashish tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Mazkur uchrashuv boshqaruv samaradorligini oshirish va xalq deputatlari Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati