Barcha yangiliklar
🔘Mahallada  ijtimoiy himoya yoʻnalishidagi ishlar oʻrganildi.
Gallery image 91111
Gallery image 91112
Gallery image 91113
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
23 Fev 2026
18:47

🔘Mahallada ijtimoiy himoya yoʻnalishidagi ishlar oʻrganildi.

🔹Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam taʻminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va toʻlovlar jarayoni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Raximjonov tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

🔹Oʻrganish davomida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning murojaatlari, nafaqa va moddiy yordamlarning oʻz vaqtida hamda belgilangan tartibda yetkazilishi masalalariga alohida eʻtibor qaratildi. Tegishli masʻullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.