Barcha yangiliklar
Murojaatga amaliy yechim
Gallery image 91099
Gallery image 91100
Gallery image 91101
Gallery image 91102
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
23 Fev 2026
18:15

Murojaatga amaliy yechim

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Alijonova Yangi bogʻ MFYda mahalla yettiligi va faollari bilan uchrashib, fuqarolar murojaati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni asosida shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi qarori bilan Yangi bog‘ MFY Turkiston ko‘chasiga 300 metr suv tarmog‘i tortish uchun zarur mablag‘ ajratilgan.

Mazkur tashabbus aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoning amaliy yechimi sifatida baholanmoqda. Deputat ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishini ma’lum qildi.