Barcha yangiliklar
KENGASH QABULI SAMARALI O‘TKAZILDI
Gallery image 91044
Gallery image 91045
Gallery image 91046
Gallery image 91047
Gallery image 91048
Gallery image 91049
Gallery image 91050
Gallery image 91051
Gallery image 91052
Gallery image 91053
Gallery image 91054
Gallery image 91055
Gallery image 91056
Gallery image 91057
Gallery image 91058
Gallery image 91059
Gallery image 91060
Gallery image 91061
Gallery image 91062
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
21 Fev 2026
17:05

KENGASH QABULI SAMARALI O‘TKAZILDI

2026-yil 21-fevral kuni Navro‘z MFY hududida joylashgan “Oltin vodiy” madaniyat saroyida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi tomonidan Kengash qabuli tashkil etildi. Mazkur sayyor qabulda tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova, tuman Kengashi deputatlari M.Gaipov, J.O‘skanov, shuningdek tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi R.Masharipov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Kengash qabuli davomida Navro‘z, Do‘stlik, Shodlik va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi tomonidan 40 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal soha, bandlik, tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oldi. Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilib, nazoratga olindi. Shuningdek, tuman prokurori R.Masharipov tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda fuqarolarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur Kengash qabuli aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.